Ўзбек тили ва адабиёти кафедраси

Qoraqalpoq davlat universitetida o`zbek filologiyasi bo`limi 1994-yil qayta tashkil qilingan bo`lib,  dastlab, talabalarga umum-kasbiy va mutaxasislik fanlardan dotsent A.Madaminov va X.Abdullayevlar dars berishgan. Bo`limning professor o`qituvchilari tarkibiga 1995-yilda F.Bobojonov, 1996-yilda N.Yangiboyevalar  kelib qo`shilgan. Mazkur yilda  o`zbek filologiyasi kafedrasi tashkil etilgan. 1997-yilda dotsent F.Salayev, o’qituvchilar: I.Qurbonboyev va Z.Qobulova, 1998-yilda Q.Qodirov va Z.Baltayeva, 1999-yilda SH.Abdullayev va O.Duysenbayev, 2002-yilda R.Madaminova, I.Kazakov, M.Qurbaniyozov, M.Ataniyazova, 2006-yilda M.Bobojonov, 2008-yilda A.Yusupov, 2012-yilda X.Tulibaev, N.Qilichov, 2016-yilda M.Sadullayeva, 2017-yilda L.Tajibaeva, U.Berdibaev, G’.Atajanovlar kafedra professor-o’qituvchilari safiga kelib qo’shilgan.

          O`zbek filologiyasi kafedrasi 1996-yil 21-dekabrda tashkil qilingan. Uning dastlabki mudiri sifatida dotsent A.Madaminov faoliyat ko`rsatgan. 2001-yildan boshlab kafedrani dotsent F.Sаlayev boshqargan. O`zbek filologiyasi kafedrasi 2003-yil yanvar oyidan o`zbek adabiyotshinosligi va o`zbek tilshunosligi kafedralariga bo`lingan. Kafedralarni F.Salayev, F.Bobojonovlar boshqardi.

          2005-yil sentabr oyidan bu kafedralar biriktirilib, o`zbek filologiyasi kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi va unga kafedra mudiri sifatida F.Bobojonov saylandi. 2008-yil iyul oyidan boshlab, bu kafedrani X.Abdullayev, 2011-yildan boshlab dotsent F.Bobojonov boshqardi.

          2015-yil 2-sentabrda o`zbek filologiyasi kafedrasi o`zbek tilshunosligi va o`zbek tili va adabiyoti kafedralariga ajratildi. O`zbek tilshunosligi kafedrasini dotsent I.Kazakov, o`zbek tili va adabiyoti kafedrasini I.Qurbаnbаyev boshqarmoqda.

          O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi respublikaning bir qancha oliy o`quv yurtlari bilan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlik qilmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot (hozirgi paytda O’R FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti) bilan o`rnatilgan hamkorlik aloqalari o`z natijalarini ko`rsatmoqda.

          1999-2002-yillarda kafedra o`qituvchisi I.Qurbanbayev, 2001-2004-yillarda O.Duysenbayev shu institutning aspiranturasida tahsil olib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo`ldi. Shu kunga qadar kafedra professor o`qituvchilari tomonidan 5 monografiya, 20 dan ortiq o`quv- uslubiy qo`llanma va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan. Jumladan, kafedra professor-o’qituvchilariodan X.Abdullaev, G.Avezova, M.Qurbaniyazov, X.To’libaev, N.Yangibaeva, R.Madaminova, Z.Kabulova, M.Sadullayeva. L.Tajibaevalarning ilmiy maqolalari Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston va Turkiya davlatlaridagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Hozirgi kunda kafedrada 18 professor- o`qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 5 tasi fan nomzodi va dotsentdir.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan ilmiy darajali professor- o’qituvchilar.

Qurbanbaev Ilhombek Aminbayevich filologiya fanlari nomzodi dotsent. 1974-yili 20-sentabrda Nukus shahrida tug’ilgan. 1996-yili Nukus pedagogika institutini tugatgan. 1996-yildan Qoraqalpoq davlat universitetida faoliyat olib boradi. Mutahasisligi o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. 2005-yil “90-yillar o’zbek lirikasida obrazlilik” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. Shundan 2 o’quv qo’llanma nashr etilgan. 2016-yildan kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

Duysenbaev Olimjon Ismailovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1978yili 13-fevralda Amudaryo tumanida tug’ilgan. 1999-yili Qoraqalpoq davlar universitetini tugatgan. 1999-yildan Qoraqalpoq davlar universitetida faoliyat olib boradi. Mutahasisligi filolog.  2011-yilda “O’tkir Hoshimov asarlarida ona obrazi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy-publisistik maqolalari e’lon qilingan. 2015-2016- yillarda o’zbek tili va adabiyooti kafedrasi mudiri, 2016-2017-yillarda o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, 2017-2018-yillarda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, 2018 yil oktabr oyidan O’zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Salayev Fayzulla, filologiya fanlari nomzodi,dotsent. 1950-yili 1-aprelda Xorazm viloyati Gurlan  tumanida tug’ilgan. 1978-yili Toshkent davlat universitetini tugatgan. Mutahasisiligi jurnalist. 1997-yildan Qoraqalpoq davlar universitetida faoliyat olib boradi. 1994-yilda “Hozirgi o’zbek ilmiy fantastikasida inson va tabiat munosabatlari masalasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. 1 monografiya, 3 o’quv qo’llanma nashr etilgan. 2001-yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

Abdullaev Xamro Dauletbaevuch, filologiya fanlari nomzodi dotsent 1971-yil 26- aprelda Xo`jayli tumanida tug`ilgan. 1993-yil Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan. 1994- yildan Qoraqalpoq davlat universitetida faoliyat ko`rsatdi. Mutaxasisligi o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi. 2005-yili “Xalq maqollarining”Qutadg`u bilig” poetikasidagi o`rni va badiy estetik vazifasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 1 monografiya, 4 o`quv qo`llanmasi nashr etildi. 2011-yilda  O`zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatgan.

 

Avezova Gulnora Samandarovna  filologiya fanlari nomzodi  1962-yil 10- oktabrda  Amudaryo  tumanida tug`ilgan. 1984-yil Toshkent davlat  universitetini  tugatgan. 1997-yildan Qoraqalpoq davlat universitetida faoliyat ko`rsatdi. Mutaxasisligi  jurnalist. 2012-yili “Roman kompozitsiyasining badiiy yaxlitlikda tutgan o`rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 40 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Jumladan,  1 monografiya, 1 o`quv qo`llanmasi nashr etilgan. 1992-yildan boshlab kafedrada faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, kafedrada M.Qurbaniyazov, M.Ataniyazova, N.Yangibayeva, Z.Qabulova, R.Madaminova, Z.Baltayeva , A.Yusupov, X.Tulibayev, M.Sadullayeva, L.Tajibayeva, U.Berdibayev, G`.Atadjonovlar o`qituvchi bo`lib faoliyat olib bormoqdalar.