“Yosh tilshunoslar” – imkoniyatlar eshigi

oraqalpoq davlat universiteti  Yoshlar ittifoqi BT hamkorligida Chet tillari fakultetining ilg’or va tashabbuskor yoshlari tomonidan tashkil etilgan “Yosh tilshunoslar” klubi o’z faoliyatini allaqachon boshlab yubordi.

Dastlabki darsimiz 5-aprel kuni o’tkazildi va bu darsda universitetimizning Tabiatshunoslik fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.  Haftada 1 marotaba juma kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan  klubimiz mashg’ulotlari davomida talaba-yoshlar  IELTS sistemasi asosida o’tkaziluvchi darslar orqali o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish, har xil metodlar va qiziqarli o’yinlar, mashqlar orqali bilimlarini mustahkamlash, eng asosiysi darslarimiz davomida ingliz tilining 4 ta ko’nikmalari qatoriga kiruvchi: LISTENING, READING, WRITING va SPEAKING kabi muhim va asosiy yo’nalishlarini chuqur o’zlashtirish hamda ingliz tilida maqola yozish sir-sinoatlarini o’rganib chet elda bepul nashrdan chiqartirish imkoniyatini qo’lga kiritishadi.

May oxirida amalga oshirilishi rejalashtirilgan imtihonlarimizda yuqori ko’rsatkichlarga erishgan  talabalar bundan-da ko’proq imtiyozlarga ega bo’lishadi.  Albatta, “Yosh Tilshunoslar” klubining  faol va shijoatkor a’zolari darslar mobaynida faxriy yorliqlar va  maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.

“Yosh Tilshunoslari” klubi talaba-yoshlarga yorqin kelajak sari ildam harakatlanishida o’z hissasini qo’sha olsa, biz maqsadimizga erishamiz.

Aziz do’stlar, agar o’zingizga , imkoniyatlaringizga , shug’ullanayotgan ishingizga ishonsangiz , o’ylagan ishingizni amalga oshirishga qat’iy bel bog’lasangiz  unda, albatta, o’z maqsadingizga erishasiz!

M.Atajanova,

Chet-tillari fakulteti talabasi.