KITOB QALB – MULKI …

Mashhur yunon faylasufi Demokrit aytgan ekan: “Maʼnisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo asta-sekin oʻlish demakdir”. Hayotning maʼnosi nimada? Albatta, zavqli va baxtli umr oʻtkazish, savob amallar qilib gunohlardan poklanishlik bilan kelajak avlodlarga yaxshi nom hamda voz kechilmas ezgu qadriyatlar qoldirishdir.

Turmushning maʼnosi yoʻqolib borishida nima katta ro‘l oʻynaydi? Ishsizlik, dangasalikka berilish va ilm olishdan toʻxtash bunga sabab boʻladi. Ilmga va kitob oʻqishga ragʻbati yoʻq odam haqiqatan sekin-asta “oʻlib” boradi. Aksincha, kitob oʻqish va bilim olish yangi gʻoyalarni paydo boʻlishiga turtki beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil                        13-sentyabrdagi “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-sonli qarori katta ahamiyatga ega. Yurtimizda ushbu qaror ijrosini taʼminlash, shuningdek, barqaror maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaratish maqsadida ko`plab xayrli ishlar qilinmoqda.

Shunday savobli ishlardan biri “Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” o`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Farhod Bobojonov  to`qqiz yil tahsil olgan Ellikqal`a tumanidagi 49-sonli maktabga o`zi yozgan kitoblari “Hozirgi o’zbek tili”, “Shaxs imiji” va badiiy kitoblar sovg`a qildi. Shunday tadbirlar bugungi yosh avlod ma`naviy qiyofasini shakllantirishda ulkan ahamiyatga ega.

                                                                            

 

    

                                                                        Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti

                                                                         yetakchisi Abdulamitov  Bahriddin