Ozod Sharafiddinov 90 yoshda

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan O’zbekiston Qahramoni, atoqli davlat va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov tavalludiga 90 yil to’lishi munosabati bilan “Adabiy tanqidchilik taraqqiyotida Ozod Sharafiddinov ilmiy merosining o’rni” mavzusida anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumanni fakultet dekani, dotsent O.Duysenbayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, «Qoraqalpog’istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» A.O‘tepbergenov, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti F.Salayev, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti X.To‘liboyevlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

G’.O‘razboyev,

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini.