“Yosh tilshunoslar” klubi oʻz faoliyatini qizgʻin davom ettirmoqda

Oʻzbek filologiyasida tashkil qilingan ilmiylikka asoslangan “Yosh tilshunoslar” klubi bu haftada ham qizgʻinlik bilan oʻz seminar mashgʻulotlarini olib bormoqda. Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi A. Madaminov ilmiy izlanuvchi talaba-yoshlarga ilmiy maqola va bitiruv malakaviy ishlar qanday yozilishi haqida maʼlumotlar berib, misollar orqali yoritib berishga harakat qildi. Intiluvchan talaba-yoshlardan tilshunoslikning qaysi sohasiga qiziqishini soʻrab, oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Seminar soʻnggida ustozimiz A. Madaminov klubning jurnali ochilishi lozim, degan takliflarni aytib oʻtdilar va  yoshlarni olgʻa intilishga, yuksak marralarni zabt etishga chorladi.

Dilrabo Yusufova,

 “Yosh tilshunoslar” klubi rahbari.