“Yosh tilshunoslar” klubi xayriya ishlarida faol qatnashmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan kitob aksiyasida jamiyatning ilg‘or qatlami sifatida oliy taʼlim tizimidagi talaba-yoshlar ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Oʻzbek filologiyasi fakultetida tashkil etilgan “Yosh tilshunoslar” klubi, kecha Dilrabo Yusufova boshchiligida Xoʻjayli tumanidagi “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurishdi va kitoblar hadya qilishdi. Bolalar bilan uchrashib, ularning quvonchlariga sherik boʻlishdi.

Bugun biz hadya etgan kitoblarni ko‘p yillar davomida singiljon va ukajonlarimiz sevib mutolaa qilishadi, degan umiddamiz. Ezgu ishning erta-kechi bo‘lmaydi, shunday ekan, Prezidentimizning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlagan holda kitob ulashishda faol boʻlaylik.

D.Yusufova,

 “Yosh tilshunoslar” klubi rahbari.