O’zbek filologiyasi fakultetining ikkinchi ilmiy seminari bo’lib o’tdi

Kecha, 10-yanvar kuni O’zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi ilmiy seminari bo’lib o’tdi. Unda O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Davronbek Abdullayev va Turkman tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Altibay Kurtchayev nomzodlik dissertatsiya ishlari bo’yicha hisobot berib o’tdilar.

Eslatib o’tamiz, bunga qadar fakultet ilmiy seminarida O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari Mansurbek Bobojonov va Nazarboy Klichevlar o’z ilmiy ishlarini muhokomadan o’tkazgan edilar.