UNIVERSITETIMIZ TALABASINING YUTUG‘I

Kecha 30-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek til va adabiyoti universitetida talabalar onlayn konferensiyasi ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tdi. “Til va adabiyot:ilmiy va amaliy izlanishlar yo’lidagi ilk odimlar” shiori ostida tashkil etilgan an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanda universitetimizning O‘zbek filologiyasi fakultetining 4-bosqich talabasi Yusufova Dilrabo ham  ishtirok etdi. An’anaviy konferensiya bo‘lishiga qaramasdan universitetimizning talabasini taklif etilganligi bu ulkan sharafdir. Ushbu konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:

  1. Tilshunoslik:til tarixi va nazariyasi, hozirgi o‘zbek adabiy tili, kompyuter lingvistikasi;
  2. Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti tarixi, zamanovaviy adabiy jarayon, folklorshunoslik;

III. Tarjimashunoslik: tarjima nazariyasi, tarjima amaliyoti;

  1. O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi: ona tilini o‘qitish metodikasi, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi, o‘zbek adabiyotini o’qitish metodikasi, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi.

V.Noshirlik ishi: elektron nashr va raqamli iqtisodiyot.

Konferensiyada 150 ga yaqin iqtidorli talabalar o‘z maqolalari bilan qatnashdilar. Har bir sho‘ba alohida guruhda o‘zining kundalik ishini ko‘rib chiqdi. Dilrabo Yusufova 4- sho‘ba O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi: ona tilini o‘qitish metodikasi, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi, o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasida o‘zining “Pedagogik imij va uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni” mavzusidagi maqolasi bilan chiqish qildi va professor-o‘qituvchilar savollariga javob berib o‘tdi.

Eng quvonarli jihati, talabamiz “Eng dolzarb mavzudagi maqola” nominatsiyasida g‘olib bo‘lib, maxsus sertifikat bilan mukofotlandi va noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi konferensiyaga yo‘llanma oldi.

Ushbu yutuqlar bilan talabamiz va uning ilmiy rahbari F. Bobojonovni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Bu muvaffaqiyat nafaqat ularniki, balkim butun universitetniki hamdir.

G‘.O‘razbayev,

O‘zbek filologiyasi fakulteti

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini.